«Roma» «Atletiko» himoyachisiga ko'z tikmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 252

Italiyaning «Roma» klubi Madridning «Atletiko» himoyachisi Neuen Peresga qiziqish bildirmoqda.
Peres joriy yilning yozida Angliyaning "Manchester Yunayted" klubiga qaytib ketgan Kris Smollingni o'rnini egallashi kutilmoqda. Transfermarkt portali Peresning transfer narxini 7,5 million evro atrofida baholamoqda.
Peres o'tgan mavsumni Portugaliyaning «Famalikan» klubi safida ijara asosida o'tkazdi. U Portugaliya chempionatida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol kiritishga erishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196