So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Diyor Imomxo'jaev O'zPFLga yangi rahbar tayinlanishiga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 205
Kecha oqshom o'zim haqimdagi xabarlarni maroq bilan o'qib chiqdim. Ayrimlar uchun bayram bayramdek bo'lsin uchun post qoldirmadim.
O'z vazifamni tark etsam, o'quvchilarimga albatta xabar beraman. Shu vaqtgacha ulardan hech narsa yashirmaganman, bundan keyin ham shunday bo'ladi, biz berkinib o'rganmaganmiz. Shu vaqtgacha aytganlarimdan va qilganlarimdan afsusda emasman. TV oqali meni oilam tomosha qiladi, ularning qarshisida esa hech qachon yolg'on gapirmayman.
Hozircha "Navbahor" — "Paxtakor" uchrashuvi o'z vaqtida o'tayotganidan xursandman. Mana shunday o'yinlar, qarama-qarshiliklar aslida terma jamoani kuchli qiladi. Biz kuchli terma uchun chempionatni qurbon qilish yo'lidan emas, kuchli chempionat orqali kuchli termaga asos solishdan yo'lidan yuramiz. Bu yo'ldagi qarama-qarshiliklardan esa qo'rqmaymiz.
Barchangizni istiqlol bayrami bilan muborakbod etaman. Erkimiz, g'ururimiz va orimiz doim o'zimiz bilan bo'lsin!
Diyor Imomxo'jaev.