Manba: «Barselona» har bir kun uchun Messining maoshini kesadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 307

«Barselona» rahbariyati klub ixtiyorida bo'lmagan har bir kun uchun Lionel Messining maoshini qirqadi. Bu haqda jurnalist Tankredi Palmeri tvitter orqali xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, Messining bir kunlik maoshi 110 ming evroga teng. 33 yoshli futbolchi har bir sutka uchun shuncha summadan mahrum bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Messi «Barselona»ni tark etish istagida jamoaning yangi mavsum uchun boshlangan tayyorgarligiga kelishni istamadi. Hozirda har ikkala tomon huquqshunoslari bahsli vaziyatga echim topish maqsadida masalani sinchiklab o'rganishmoqda. O'z navbatida, La liga klub foydasiga xulosa chiqardi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198