So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Lids" to'rtinchi transferni e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 564
Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Nainggolan qolmoqchi
LGDS nashrining ma'lum qilishicha, ayni damda ijara asosida “Kalyari” safida to'p tepayotgan Raja Nainggolan “Inter”ga qaytmoqchi emas.
Manbaning ma'lum qilishicha, “Kalyari” jamoasi ham tajribali futbolchini o'z jamoasida olib qolish niyatida.
Ma'lumotlarga qaraganda, klub allaqachon “Inter” bilan belgiyalik yarim himoyachining transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.
Kristian Eriksen ketadimi?
“Calciomercato” nashrining ma'lum qilishicha, Milanning “Inter” klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksen yozda jamoani tark etishi mumkin.
Daniyalik futbolchi Antonio Kontening o'yin uslubiga sira mos kelmayapti. Shu sababli, “ko'k-qoralar” daniyalik futbolchini transferga qo'ymoqchi.
Eslatib o'tamiz, “Inter” Eriksenni 27,5 million evro evaziga sotib olgan, biroq uni 40 milliondan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.
Kuzyaev turk grandi e'tiborida
Rossiyaning “Zenit” klubi sobiq yarim himoyachisi Daler Kuzyaev faoliyatini “Galatasaray”da davom ettirishi mumkin.
Rus nashrlarining ma'lum qilishicha, 27 yoshli futbolchi bilan ayni damda turk klubi muzokaralar olib bormoqda.
Eslatib o'tamiz, Daler va “Zenit” o'rtasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgach, futbolchi erkin agentga aylandi.
“Sevilya” ishga kirishdi
Ispaniyaning “Sevilya” jamoasi “Real Madrid” yarim himoyachisi Oskar Rodrigesni o'z safiga qo'shib oldi.
Bu haqida klub rasmiy sayti ma'lum qilmoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, andalussiyaliklar “Real” futbolchisi uchun 13,5 million evro sarf etgan.
Eslatib o'tamiz, Oskar “qaymoqranglilar” tarbiyalanuvchisi sanaladi, biroq klub safida atigi bir bor maydonga tushgan holos. Qahramonimiz ortda qolgan mavsumni “Leganes” safida ijara asosida o'tkazgan edi.
“Lids”dan to'rtinchi yurish
APLga qaytgan “Lids” birin-ketin transferlarga qo'l urishda davom etmoqda.
Jamoa yangi mavsum oldidan rasman tarkibni Robin Kox bilan kuchaytirib oldi.
“Frayburg” jamoasidagi ishonchli o'yinlari bilan ko'plab mutaxassislar e'tiborini qozongan markziy himoyachi uchun “Lids” 13 million evro sarf etdi.
Klub rasmiy saytining ma'lum qilishicha, futbolchi bilan 4 yillik shartnoma tuzilgan.
Rasman: Miranchuk “Atalanta”da!
Moskvaning “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk klubdan ketdi.
Bu haqida “temiryo'lchilar”ning rasmiy sayti ma'lum qilmqoda.
Manbaning ma'lum qilishicha, ikki kundan so'ng, futbolchi “Atalanta” bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi va yiliga 2 million evro maosh oladi.
Futbolchi, o'z ijtimoiy tarmoqlari orqali klub muxlislariga minnadorchilik bildirdi va jamoaning kelajakdagi ishlariga omadlar tiladi.
Eslatib o'tamiz, Aleksey klub safida 228 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga 43 ta gol yozib qo'ydi. Shuningdek, uning hisobida 45 ta assist ham mavjud.
Manba: Stadion.uz