So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Key-Liga. «Kvanju» 10 ta gol urilgan o'yinda irodali g'alabaga erishdi. Rustam Ashurmatovdan gol
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139
Janubiy Koreya chempionatining 18-turidan o'rin olgan bahslar 30 avgust, yakshanba kuni yakunlandi.
«Kvanju» jamoasi «Tegu» maydonida mehmon bo'ldi. Gollarga boy bo'lgan bahsda mehmonlar irodali g'alabani qo'lga kiritdi. Birinchi bo'lim debyutida teguliklar tezkor gol evaziga oldinga o'tib olgan bo'lsa, bunga maydon egalari tanaffusga qadar Felipe va Rustam Ashurmatovning gollari bilan javob qaytardi.
Ikkinchi bo'limda darvozalar yana etti bor ishg'ol etildi. Mezbonlar safida Villian Barboza, Felipe, Lim Min Hyok va Kim Ju Gon o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. «Tegu»ning javob gollariga Sezinya va Edgar Silva muallif bo'ldi.
Key-Liga, 18-tur.
«Tegu» — «Kvanju» 4:6Gollar: 1:0 – 2 Damyanovich, 1:1 – 24, penalti Felipe, 1:2 – 30 Ashurmatov, 2:2 – 50, penalti Sezinya, 2:3 – 61 Barboza, 2:4 – 63 Felipe, 3:4 – 67 Edgar Silva, 3:5 – 80 Lim Min Hyok, 3:6 – 82 Kim Ju Gon, 4:6 – 90 Sezinya.
Manba: www.stadion.uz.