Angliya superkubogi. «Liverpul» nima uchun yutqazdi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 423

«Liverpul»ning mag'lubiyatiga (durangiga) hayron bo'lmadim. Natija tasodif emas, «Arsenal» hisobda oldinga chiqib olguncha, raqibga imkoniyat bermayotgandi, faqat ikkinchi taymning o'rtalarida tashabbus Klopp jamoasiga o'tdi, oxirida esa, yana «Arsenal» yaxshi o'ynadi - natijaga mos bo'lgan teng o'yin.
Hayron bo'lmaganim, «Liverpul» hali ham «Arsenal», «Chelsi» yoki «Yunayted»dan bir bosh baland jamoadir, to'g'ri, lekin yangi mavsumda ularga oson bo'lmaydi. «Liverpul»ning vazifasini osonlashtirgan asosiy faktor — turnir jadvalidagi 20 ochkolik zapas edi. Raqibga ochko zarur, «Liverpul» esa, juda ko'p set-bol, ya'ni, xato qilish imkoniyatiga ega holda, bosimsiz o'ynayvergan. Bu katta ustunlik.
Masalan, raqib bilan teng imkoniyatda va sharoitda bo'lgan paytdagi o'yinlarga qarang:
Liga kubogida 0:5 mag'lubiyat, lekin mayli, yoshlar o'ynagani uchun qo'shmaymiz.
Angliya kubogida «Chelsi»dan mag'lubiyat.
EChL guruh bosqichida «Napoli»dan mag'lubiyat bor.
Pley-offda «Atletiko» bilan durang va mag'lubiyat.
Bugun «Arsenal»...
Aytmoqchimanki, «Liverpul» yutish shart bo'lgan o'yinlarda buyurtma asosida g'alaba qozonib ketaveradigan, barkamol jamoa emas. U darajada. Ayniqsa, yilning ikkinchi yarmida. Faqat turnir jadvalidagi ustunlik ularni bosimdan xalos qilib, g'alabali seriyani xotirjam bosib o'tishga sharoit yaratgandi, balkim.
Qahramon Aslanov.

Bosh sahifaga
240