So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Dilyaver Vaniev: «Bugun jamoaga nima bo'lganini tushunmadim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149
Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Mash'al" (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Dilyaver Vaniev o'z fikrlarini bildirdi.
"Avvalo markazlashtirilgan chempionatni tashkilotchilariga, barcha xodimlariga rahmat aytmoqchiman. Stadionlar va boshqa tashkiliy ishlar uchun PFLga tashakkur. Markazlashgan holatda davom ettirilgan chempionatda to'rtta tur o'tkazdik. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam bugun jamoaga nima bo'lganini tushunmadim. Bunga sabab sifatida o'yinni borishini ko'rsatgan bo'lardim. Yomon o'ynadik deya olmayman. Ikkita taym boshida standart vaziyatlardan gol o'tkazib yubordik. Mana shu gollar o'yinimizni izdan chiqardi. Umuman olganda teng o'yin bo'ldi, durangga loyiq edik.
Yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmayapmiz? Ma'lum bir qarzdorliklar bor, shu sababli ro'yhatdan o'tkazishimiz cho'zilmoqda.
Mening fikrimcha Humyun Murtozaev jismoniy holati borasida ishlashi kerak, ham jamoamizga moslashishi lozim. Oraliqdagi tanaffusda ishlaymiz, ko'ramiz",- deydi Vaniev.