So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Davron Fayziev maqolasi: "Bela Guttmanning kuchli qarg'ishi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 481
Kecha UEFA yoshlar chempionlar ligasi g'oliblari haqida yozgandim. Endi finalchilarga to'xtalmasam bo'lmaydi. "Benfika" shubhasiz o'yin bo'yicha yutqazdi. Ammo bu mag'lubiyatning dramasi bor va u ancha yillar avvalga taqaladi.
1961 va 1962 yillarda Bela Guttman boshchiligida "Benfika" klubi Evropa chempionlar kubogida (hozirgi chempionlar ligasi) g'olib bo'lgan. O'sha ikkinchi chempionlikdan so'ng klub Guttmanga va'da qilingan maoshni to'lamay norozi qilgan. Murabbiy esa alamdan mana bu qarg'ishni aytib ketgan: - “Benfika" mensiz 100 yil davomida birorta evrokubokni yuta olmaydi”. Avval bunga hech kim e'tibor bermadi. Ammo yillar o'tib klub birin-ketin finallarni yutqazib keldi. Bugungacha Benfika 8 bor finallarga chiqib, barchasida yutqazdi. Mutloq rekord.
Ana endi yoshlar chempionlar ligasi haqida. Turnir 2014 yilda tashkil etildi va 7 yil ichida "Benfika" 3 marta finalga chiqdi. Bunga ishonish qiyin, lekin lissabonliklar barcha finallarni boy berishdi. Guttman ancha nafasi o'tkir ekan, yoshlar jamoasiga ham uribti, deb o'ylaydi ko'pchilik. Agar buning qandaydir aloqasi bo'lsa, unda Benfika klubi 2062 yildagina ushbu qarg'ishdan qutiladi.
Qissadan hissa shuki, birovning haqqini eyish va norozi qilish doimo og'ir oqibatlarga olib keladi.
Manba: Davron Fayziev telegram kanali