So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ko'rishingiz shart! Futbol tarixidan so'ylovchi suratlar (65-qism)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 550
Ushbu ruknimizdagi tarixiy suratlar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Xose Luis Chilavert 90-yillardagi eng olifta darvozabonlardan biri edi.
To'p darvozada emas. Roberto Badjo 1994-yildagi JCh finalida juda ko'p narsani boy bergan zarbaning boshqa rakursdan tomosha qiling.
Pele va Bellini bolalar bilan vaqtni chog' o'tkazmoqda.
FRG terma jamoasi okean bo'yida mashg'ulotlar olib bormoqda.
1954-yilda ushbu to'pdan Jahon Chempionatida foydalanilgan.
1970-yil. Gollandiya chempionati. AZ klubi muxlislarini to'xtatib qolishning iloji yo'q…
Surinam terma jamoasi FIFA reytingida qaysi pog'onada ekanligini hech kim bilmaydi, biroq ushbu yurt farzandlarini butun dunyo taniydi!
1996-yil. Angliya terma jamoasining “jangovar” tarkibi.
Muxlislar Erik Kantonani “bo'laklarga bo'lib tashlashga” tayyor…
“Bavariya” muxlislari uchun klassika! Elber va Lizaraziyuning kayfiyati chog'!
1992-yildagi Evropa chempionatiga Daniya chiqa olmagan edi, biroq UEFA ularga bu imkoniyatni taqdim etadi. Ushbu xabar jamoa bosh murabbiyi Rixard Meller-Nilsenga etkazilganda, u oshxonasini bo'yayotgan edi. Futbolchilar esa, allaqachon ta'tilda edi. Ushbu xabardan ular shu qadar xursand bo'lib ketishdiki, hatto Evropa chempionligini qo'lga kiritishganini ham sezmay qolishdi.
Salas 1998-yildagi Mundialda Kannavaroni ikki marotaba xafa qilgan bo'lsada, yakunda italiyanlar (2:2) mag'lubiyatdan qutilib qoladi.
1968-yilgi Evropa chempionati. Yarim final. Italiya Sobiq sovet ittifoqiga qarshi. Ushbu bahs, futbol tarixida abadiy qolishi turgan gap. Sababi, o'yin durrang (0:0) bilan yakunlangach, hakam g'olibni aniqlash uchun tanga tashlagan. Omad Italiyaga kulib boqqach, Sobiq sovet futbolchilari ortga qaytishga majbur bo'lgan.
Duayt York “Yuventus” himoyachilarini “ko'rmay” o'tib ketmoqda. Ushbu hujumdan so'ng, kiritilgan gol “M-Yu”ni musobaqa finaliga olib chiqadi.
Yuriy Djorkaeff va Xuan Sebastyan Veron
Manba: Stadion.uz