So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«PSJ» Tiago Silva bilan xayrlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 450
«Pari Sen-Jermen» jamoa sardori Tiago Silva bilan xayrlashdi. 35 yoshli futbolchining parijliklar bilan shartnomasi yakuniga etdi. Jamoa u bilan kelishuvni uzaytirishni istamadi.
Tiago Silva faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi kutilmoqda. Braziliyalik futbolchi "ko'klar" bilan ikki yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan.
Silva 2012 yildan buyon «PSJ» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Bu vaqt davomida u 315ta o'yinda maydonga tushib, 25ta sovrinni qo'lga kiritdi.
"Rahmat, Tiago, mazkur sakkiz yil unutilmas xotiralarga boy bo'ldi. Sen jamoa tarixidagi eng buyuk o'yinchilardan biri bo'lib qolasan. «PSJ»da sen afsona darajasida bo'lasan. Sen hamisha klub oilasi va tarixining bir qismi bo'lasan. Katta rahmat, kapitan!" - dedi "PSJ" prezidenti Nossir al-Helayfiy.