Krasnitskiy 80 yoshga kirgan bo'lar edi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 499

O'zbek futboli tarixidagi XX asrning eng yaxshi futbolchisi deya yod olinadigan Gennadiy Krasnitskiy hayot bo'lganida bugun 80 yoshni qarshi olgan bo'lar edi.
Buyuk futbolchi qisqa, biroq juda yorqin umr ko'rdi va nafaqat o'zbek futbolida, balki butun sobiq ittifoq futbolida sezilarli iz qoldirdi.
«Paxtakor» jamoasi safida 400 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushdi va 200 dan ortiq golga mualliflik qildi.
Ko'plab mutaxassislar Krasnitskiyni futbol tarixidagi eng kuchli zarba sohibi sifatida ham tan olgan. Uning uzoq masofadan Peruning “Sporting Sristal” klubi darvozasi tomon tepgan to'pi darvoza to'rini yirtib yuborgani futbol muxlislari tomonidan hali hamon eslanadi.
Shuningdek, “Gennadiy Krasnitskiy nomidagi to'purarlar klubi” tashkil etilgan bo'lib, O'FA tomonidan faoliyatida 100 gol urgan futbolchilarga klub a'zoligini bildiruvchi mukofot topshirib kelinmoqda.

Bosh sahifaga
201