"Inter" va "Barselona" muzokaralarni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 700

"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Janluka Di Martsioning xabar berishicha, "neradzurrilar" bosh murabbiyi Antonio Konte rahbariyat bilan uchrashuvda chililik yarim himoyachini xarid qilishni so'ragan.
Manbaning qo'shimcha qilishicha, "Barselona" ham Arturoni qo'yib yuborishga tayyor. Kataloniyaliklarning yangi murabbiyi Kuman futbolchini o'z rejalariga kiritmayapti.
Ma'lumot uchun, Vidalning "Barsa" bilan shartnomasi keyingi yilga yakunlanadi. "Inter" 33 yoshli futbolchi borasida "Barselona" bilan muzokaralarni boshlab yubordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
193