O'zbekiston MTJning navbatdagi yig'iniga chaqiruv olgan futbolchilar ro'yxati ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 297

Bosh murabbiy Vadim Abramov mazkur yig'inga mahalliy klublardan 26 nafar futbolchini chaqirdi.
FIFA sentyabr oyidagi FIFA kunlarini 2022-yil yanvar oyiga ko'chirganligi, pandemiya sharoitida parvozlarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar va boshqa cheklovlar sabab xorijiy chempionatlarda to'p surayotgan o'zbekistonlik futbolchilar ushbu yig'inga jalb etilmadi.
Yig'in doirasida Milliy terma jamoamiz Tojikiston vakillariga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Uchrashuv 3-sentyabr kuni “Lokomotiv” stadionida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
301