Reyna Rim shahriga etib keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 326

Pepe Reyna «Latsio»da tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Rimga etib keldi, deb xabar beradi jamoaning rasmiy tvitteri.
Agar Paideia klinikasida boshlangan tekshiruv muvaffaqiyatli yakunlansa, 31-avgust kuni 38 yoshga to'ladigan ispaniyalik darvozabon "Latsio" bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi.
Ma'lumot o'rnida, Madridda tug'ilgan va «Barselona» akademiyasini tugatgan darvozabon jamoa safida (49 ta uchrashuv), «Vilyarreal» (147 ta uchrashuv), «Liverpul» (398 ta uchrashuv), «Napoli» (ijarada, 43 ta uchrashuv), «Napoli» (182 ta uchrashuv), «Milan» (13 ta uchrashuv) va «Aston Villa» (ijara, 12 ta uchrashuv) jamoalarida to'p surgan.
Manba: Sky Sports ItaliaFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
306