Timur Kapadze Tojikistondagi yig'inga 23 nafar futbolchini jalb etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 475

Xabaringiz bor, Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz uchun 1-7 sentyabr kunlari Tojikistonda o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etiladi.
Yoshlarimizning Xo'jand shahrida o'tadigan mazkur yig'ini doirasida tojikistonlik tengdoshlariga qarshi ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
Murabbiylar Denis Korostichenko, Sergey Chigodaev hamda Timur G'aniev Timur Kapadzega ko'maklashib boradi.
Terma jamoa a'zolari 31 avgust kuni Toshkentdagi «Chig'atoy» bazasiga yig'iladi va to'liq tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi. Murabbiylar shtabi ushbu yig'inga 23 nafar futbolchini jalb etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280