"Lester" hujumchisi bilan shartnomani uzaytiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 192

"Lester" hujumchisi Jeymi Vardi klub bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Sky Sports nashri xabariga ko'ra, Vardi "Lester" bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirishga rozi bo'lgan. Shu tariqa Vardi 2023 yilgacha "Lester"da qoladi.
Ma'lumot uchun, futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida tugaydi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Vardi APLda "Lester" tarkibida 23 ta gol urdi va chempionatning eng yaxshi to'purariga aylandi.
Manba: Sky SportsFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267