Maguayrga nisbatan sud hukmi o'qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 332

Gretsiya sudi «Manchester Yunayted» sardori Xarri Maguayrga nisbatan o'z qarorini ma'lum qildi. Unga ko'ra, angliyalik futbolchiga nisbatan 21 oylik shartli qamoq jazosi belgilandi.
Maguayr politsiyachiga qarshilik ko'rsatish, tan jarohat etkazish va ularga pora berishga urinishda aybdor deb topilgani uchun shunday jazoga loyiq ko'rildi.
O'yinchining o'zi esa sud qaroridan qoniqish hosil qilmadi.
«Bu masalada aybsiz ekanimga ishonchim komil. Men, oilam va do'stlarim vaziyat qurboniga aylandik», — dedi Maguayr OAVga bergan intervyusida.
Gretsiya qonunlariga ko'ra, 3 yilgacha bo'lgan qamoq jazosini jarimaga almashtirish mumkin. Bir kunlik jarima miqdori esa 5 evrodan 100 evrogacha etishi mumkin. Buni sud belgilaydi.

Bosh sahifaga
212