Rasman. Konte «Inter» boshqaruvida qoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 266

«Inter» rahbariyati 25 avgust kuni jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda tomonlar hamkorlikni davom ettirish borasida qarorga kelishdi.
«Jamoa rahbariyati va Antonio Konte o'rtasidagi uchrashuv o'zaro tushunuvchanlik ruhiyatida kechdi hamda jamoaning rivojlanish strategiyasi borasida qarashlar bir xil bo'ldi. Mazkur uchrashuv loyihani hamkorlikda davom ettirish uchun poydevor yaratdi», — deyiladi «Inter» tarqatgan bayonotda.
Eslatib o'tamiz, «Inter» yakunlangan mavsumda A seriya jadvalida 2-o'rinni egallagan bo'lsa, jamoa Evropa ligasi finaliga etib borib, unda «Sevilya»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228