Klopp: «Bundesliga taqvimi EChLda g'alaba qozonish uchun mos keldi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 312

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Bavariya»ning Chempionlar ligasidagi g'alabasidan keyin myunxenliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Sakkiz oyda sovrinlarni qo'lga kiritish oson ish emas. «Bavariya»ga biroz omad kulib boqdi. Yuzaga kelgan mavhumlik davrida Bundesliganing taqvimi Chempionlar ligasida g'alaba qozonish uchun mos keldi.
"Bavariya" hozirda jahonning eng yaxshi jamoalaridan biri. Bu jamoa juda zo'r shakllantirilgan. Har bir chiziqda jahon saviyasidagi o'yinchi bor hamda ularning har biri kuchga to'lgan pallada», – dedi Klopp.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196