Rakitich Turkiya Superligasiga ko'chib o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 300

"Barselona" yarimhimoyachisi Ivan Rakitich faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaga ko'ra, "Galatasaroy" 32 yoshli xorvatiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Turkiya klubi allaqachon yarimhimoyachining agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq futbolchining o'zi "Sevilya"ga qaytishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda Rakitich barcha turnirlarda 42 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 4 ta gollik uzatma amalga oshirdi.
Manba: Mundo DeportivoFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264