"Milan" "Real" futbolchisini ijaraga olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 325

"Real" yarimhimoyachisi Braim Dias faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha "Milan" futbolchining ijarasi bo'yicha muzokaralarni boshladi. Italiya klubi ijara shartnomasida yarimhimoyachini sotib olish narxini belgilatishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, 21 yoshli ispaniyalik futbolchi "Real"ga 2019 yil yanvarida "Manchester Siti"dan 17 million evro evaziga kelib qo'shilgan edi.
Ma'lumot o'rnida, Madrid klubi uchun Dias 21 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta gollik uzatma amalga oshirdi.
Manba: Corriere dello SportFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
254