So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ronaldino ozodlikka chiqarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 531
Braziliyalik afsonaviy futbolchi Ronaldino va uning akasi Paragvay sudi qarori bilan ozodlikka chiqarildi.
Eslatib o'tamiz, Ronaldino va uning akasi Roberto de Assish 7 mart kuni Paragvay mamlakatiga soxta pasport bilan kirgani uchun mahalliy politsiya tomonidan hibsga olingan edi. Avvaliga ular qamoqxonaga tashlangan bo'lsa, aprel oyida ular 1,6 million dollar garov puli evaziga uy qamog'iga o'tkazilishgan edi. Shunday buyon ular Asunsondagi mehmonxonada yashab kelishayotgan edi.
24 avgust kuni esa Paragvay sud prokuraturaning Ronaldino va uning akasiga qamoq jazosini tayinlamaslik haqidagi iltimosnomasini qondirishga qaror qildi. Ular jarima bilan qutulib qolishadi. Ronaldino 90 ming dollar to'laydi, shundan 60 ming dollari koronavirusga qarshi kurash uchun yo'naltirilsa, 30 mingi xayriya jamg'armaga o'tkazib beriladi. Futbolchining akasiga esa 200 ming dollar jarima solindi. Bu pulga Paragvaydagi qamoqxonalarda pandemiyaga qarshi kurash vositalari xarid qilinadi.
Bundan tashqari, Roberto har 4 oyda o'z mamlakat sud organlariga tashrif buyurib turishi kerak. Ronaldinoga esa bunday majburiyat yuklanmadi.