Superliga. «Nasaf» - «Bunyodkor» bahsida jangovar durang
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 250

Superliga 12-turida «Nasaf» 24 avgust, dushanba kuni «Bunyodkor» bilan o'ynadi.
Uchrashuv har ikki jamoaning faolligida boshlandi, biroq birinchi bo'lib gol urish qarshiliklarga nasib etdi. Husayn Norchaev 20-daqiqada «Nasaf»ni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'lim debyutida Bobur Abduxoliqov jamoasining chiroyli hujumini gol bilan yakunladi.
Oradan o'n daqiqa o'tib Suhrob Izzatov hisobni qisqartirishga erishdi. O'yin yakunlanishi arafasida zaxiradan maydonga qo'shilganiga ko'p bo'lmagan Shahboz Erkinov muvozanatni tikladi.
Ushbu natijadan keyin «Bunyodkor» ochkolarini 22 taga etkazib olgan holda 3-o'ringa qaytdi. «Nasaf» 20 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda.
Coca-Cola Superliga, 12-tur
24 avgust, dushanba
«Nasaf» — «Bunyodkor» 2:2
Gollar: 1:0 – 20 Norchaev, 2:0 – 57 Abduxoliqov, 2:1 – 67 Izzatov, 2:2 – 86 Erkinov.
«Nasaf»: Abduvohid Ne'matov, G'olib G'aybullaev (Husniddin Aliqulov, 81), Dilshod Saitov, Bobur Abduxoliqov, Sharof Muhitdinov, Husain Norchaev (Islom Kenjaboev, 65), Akmal Mozgovoy, Sherzod Nasrullaev, Oybek Bozorov, Marko Stanoevich, Umar Eshmurodov.
«Bunyodkor»: Abdumavlon Abduljalilov, Islom Qobilov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Anvar G'ofurov (Suhrob Izzatov, 55), Dilshod Ahmadaliev, Xurshid G'iyosov (Selim Nurmurodov, 84), Sanjar Qodirqulov, Nurillo To'xtasinov, Abdulla Abdullaev, Valeriy Akopov (Mirjahon Mirahmadov 37 (Shahboz Erkinov, 84)), Farrux Ikromov.
Ogohlantirishlar: Nasrullaev (2), Bozorov (71).

Bosh sahifaga
195