Vodiy derbisida «Qo'qon-1912» so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

Toshkentdagi JAR stadionida navbatdagi "vodiy derbi"si bo'lib o'tdi. Coca Cola superligasi 12-turi doirasida "Qo'qon-1912" - "Andijon" jamoalari o'zaro kuch sinashdilar.
O'yindagi dastlabki hujum qo'qonliklar tomonidan tashkil etildi. 2-daqiqada vakillarimiz ijrosidagi hujum xavfli ko'rinish oldi. 9-daqiqada Abduhamidovning boshi bilan bergan zarbasi xavfli chiqdi. 12-daqiqada Azamat Isroilovning raqib jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to'pini Botirali Ergashev egallab oldi. 19-daqiqada jarima to'pidan keyin qo'qonliklar hisobni ochishdi. Suhrob Berdievning jarima maydonchasiga oshirib bergan to'pini Ivan Yosovich boshi bilan raqib darvozasiga aniq yo'lladi. 43-daqiqada Litvyakovning Usmanovga oshirib bergan to'piga birinchi bo'lib etib kelgan Bobur Akbarov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Tanaffusga jamoalar shu hisobda chiqib ketishdi.
Ikkinchi bo'limni "Andijon" faol tarzda boshlashdi. 48-daqiqada Jamshid Hasanovning burchakdan to'g'ri darvozaga yo'llagan zarbasini Botirali Ergashev arang qaytarib qolgandi. Keyin Mirahmatovning olisdan yo'llagan zarbasi salgina noaniq ketdi. 63-daqiqada "Qo'qon-19812" himoyachisi o'z jarima maydoni ichida Timur Usmanovga nisbatan qo'pollik ishlatishdi. Belgilangan penaltini esa Jamshid Hasanov aniq amalga oshirib hisobni tenglashtirdi.
70-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Shohnazar Norbekov qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. 76-daqiqada sal bo'lmasa Ivan Yosovich o'z darvozasini ishg'ol etib qo'yardi. 81-daqiqada qo'qonliklar ijrosidagi ajoyib kombinatsiya yakuniga etmay qoldi. 85-daqiqada Ro'zievning kuchli zarbasini raqib posboni katta qiyinchilik bilan qaytarib qoldi. 88-daqiqada qo'qonliklar penalti tepish huquqiga ega bo'lishdi. Penaltini esa Murod Xolmuhammedov aniq amalga oshirib, o'z jamoasiga g'alaba keltirdi. Shu tariqa "Qo'qon" “derbi”da g'alaba qozonib, navbatdagi uch ochkoga ega bo'ldi.
Coca Cola superligasi, 12-tur
"Qo'qon-1912" - "Andijon" – 1:1 (1:0)
Gollar: Ivan Yosovich (18), Murod Xolmuhammedov (88 pen). - Jamshid Hasanov (63 pen).
“Qo'qon-1912”: 1. Botirali Ergashev, 3. Boburjon Akbarov, 9. Suhrob Berdiev, 14. Avazxon Mamatxo'jaev (70. Murod Xolmuhammedov – 75), 15. Oybek Rustamov, 19. Hamidullo Abduhamidov (7. Shohnazar Norbekov – 57), 22. Muhammadanas Hasanov (13. Sardor Azimov – 75), 23. Aleksandr Merzlyakov, 33. Ivan Yosovich, 69. Filip Rayevats (10. Quvondiq Ro'ziev – 46), 91. Yakuba Bamba (20. Iqbol Malikjonov – 57).
"Andijon": 16. Eldor Adhamov, 3. Azamat Isroilov, 4. Farhod Mirahmatov, 6. Baxtiyorjon Qosimov, 7. Jamshid Hasanov, 9. Emmanuel Arivachukvu, 10. Artyom Litvyakov, 11. Siroj Meliev, 22. Usmonali Ismonaliev, 23. Timur Usmonov (80. Shahboz Jumaboev – 72), 33. Doniyor Abdumannopov.
Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Olim Abduvosilov, Aleksandr Sidorov, Farruh Yansupov.
Nazoratchi: Noil Lutfullin.
Komissar: Shohruh Said.

Bosh sahifaga
194