"Lester Siti" va "Chelsi" bir futbolchi uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 268

"Lill" yarim himoyachisi Jonatan Ikone xizmatiga APLning ikki klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Frantsiya matbuoti yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "Chelsi" va "Lester Siti" jamoalari futbolchini o'z safiga qo'shib olishga tayyor.
Transfermarkt portali 22 yoshli futbolchini 36 million evroga baholamoqda. Ikonening "Lill" bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Ikone 28ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan va 6ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208