«Bavariya» ikkinchi «trebl»ga erishib, oltinchi EChL kubogini qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 482

«Bavariya» Evropa chempionlar ligasi finalida «PSJ» ustidan kichik hisobda g'alaba qozondi.
Myunxenliklar o'z tarixida 6-marta Evropaning klublar o'rtasidagi eng nufuzli sovrinini qo'lga kiritishdi. «Bavariya» 1974, 1975, 1976 yilgi mavsumlarda Evropa chempionlar kubogida g'olib chiqqan bo'lsa, 2001 va 2013 yillarda Chempionlar ligasini g'alaba qozongan edi.
Bu borada «Real Madrid» (13ta sovrin) va «Milan» (7) myunxenliklarni ortda qoldirishayotgan bo'lsa, «Liverpul» hisobida ham 6ta EChL kubogi mavjud.
Myunxen superklubi o'z tarixida ikkinchi marta "trebl"ga erishdi. Jamoa 2013 yilda Yupp Xaynkes qo'lostida Germaniya chempionati, Germaniya kubogi va Chempionlar ligasida g'olib chiqqan edi.
«Bavariya»ning hozirgi murabbiyi Xans-Diter Flik esa noyabr oyida jamoani qabul qilib olib, ilk mavsumdayoq barcha sovrinlarni qo'lga kiritdi.

Bosh sahifaga
149