«Barsa» prezidentligiga nomzod klubga Kloppni olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 525

"Barselona" prezidentligiga nomzod Jordi Farre "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi lavozimiga Ronald Kumanning tayinlanishi borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
— Kumanning tayinlanishi — to'g'ri qarormi?
— Ha, Kuman — "Barselona" afsonasi ekanini inobatga olganda, yaxshi qaror. Uning xarakterini inobatga olganda, u hozirda jamoaga kerakli inson. Unga omad tilayman. Chunki uning oldida murakkab vazifa turibdi.
— Sizning murabbiyingiz ham Kumanmi?
— Agar Kuman yaxshi ishlasa, albatta jamoani boshqarishda davom etadi. Lekin bizda ham reja bor. Biz Yurgen Klopp bilan bir necha marta aloqaga chiqdik. Chunki, nazarimizda "Barsa"ga shunday murabbiy kerak", — dedi Jordi Farre.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
169