So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Mourino «Tottenxem» transfer bozoridagi ishidan qoniqish hosil qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 325
«Tottenxem» bosh murabbiyi Joze Mourino «Tottenxem»ning yozgi transfer bozoridagi ishidan qoniqish hosil qilmoqda. "Shporlar" yozda Per-Emil Xoyberg va Jo Xart bilan shartnoma imzolashdi.
«Klub transferlarni amalga oshirish uchun juda aqlli vaqtni topdi. Bu Per uchun shartnomasining oxirgi yili edi. Uning jamoasi muzokara nuqtai nazaridan murakkab ahvolda edi. Janob Levi esa bizga shunday o'yinchini olib berib, ajoyib ishni amalga oshirdi.
O'ylashimcha, rahbariyat o'z ishini ajoyib darajada uddaladi. Chunki ular jamoaning kuchli bo'lishini istashmoqda. Endi safimizda Xart ham bor. U terma jamoa safida 75ta o'yinda maydonga tushgan. U katta tajribaga ega.
«Tottenxem» safida yaxshi darvozabonlar bor. Bu borada xotirjam uxlashingiz mumkin. Chunki endi har qanday jarohat yoki muammoni hal qilishimiz mumkin. Boisi, ixtiyorimizda 3 nafar yaxshi darvozabon mavjud», — dedi Mourino.