Ibrahimovich «Milan»da qoladimi? Agent javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 283
51
"Milan" ertaga yangi mavsum uchun tayyorgarlikni boshlaydi. Ammo mazkur yig'inga hujumchi Zlatan Ibrahimovich kelmaydi. Chunki, 38 yoshli futbolchi bilan hali yangi shartnoma imzolanmadi. Bu haqda shvetsiyalik futbolchining agenti Mino Rayola ma'lumot berdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, "rossoneri" Zlatanga 2 yillik shartnoma hamda 5 million evro yillik maosh taklif qilmoqda. Ammo Ibrahimovich 7 million evro maosh so'ramoqda.
«Ertaga u jamoaning yig'iniga kelmaydi. Biz hamon muzokaralarni davom ettiryapmiz, hozircha kelishuvga erishmadik. Gap pulda emas, ishonch hosil qilishda. Nikoh o'qish uchun ikki tomonning roziligi kerak. Agar Ibrahimovich «Milan»da qolishni istamaganida, muzokaralarga kirishmagan bo'lardik.
Hozir biz muzokaralarning nozik bosqichidamiz. Bundan boshqa hech narsa deya olmayman. Vaziyatga optimistik nazar bilan qarayapman. Men muammoni yuzaga keltirish uchun emas, echim topish ustidan ishlayapman», — dedi Rayola.

Bosh sahifaga
183