UEFA evrokuboklarning pley-off bosqichini yangi formatda o'tkazishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 475

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin ma'lum qilishicha, tashkilot Evropa chempionlar ligasi va Evropa ligasi musobaqalarining pley-off bosqichini yangi formatda o'tkazish variantini ko'rib chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda evrokuboklar chorak final bosqichidan boshlab "sakkiz finalchi" formatida o'tkazildi hamda unda juftlik g'olibi bitta o'yinda aniqlandi.
«Bitta o'yindan iborat tizim ikkita o'yinga nisbatan qiziqarliroq bo'ldi. Bu pandemiya taqdim etgan ijobiy holat bo'ldi. Bizda mazkur tizimdan foydalanishdan boshqa variant qolmadi. Bu tizim hattoki yaxshi bo'lib chiqdi.
Ammo "sakkiz finalchi" formatini taqvimga joylashtirish qiyin. Lekin har qanday jamoa g'olib chiqishi mumkin bo'lgan o'yinlar odamlarga yoqdi. Biz kelajakda bu g'oyani yana ko'rib chiqamiz. Sentyabr yoki oktyabr oyida biz buni ko'rib chiqamiz», — dedi Cheferin "The Associated Press"ga bergan intervyusida.

Bosh sahifaga
254