Robben futbolga qaytganidan keyin ilk marta maydonga tushdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 227

Niderlandiyalik afsonaviy o'yinchi Aren Robben futbolchilik faoliyatini qayta boshlaganidan keyin ilk uchrashuvida maydonga tushdi.
36 yoshli futbolchi "Groningen" klubining "Almere Siti"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida boshlang'ich tarkibga kiritildi. Robben maydonda 30 daqiqa harakat qildi va shundan so'ng zaxiraga olindi. Nazorat o'yini 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
Eslatib o'tamiz, 2019 yilning iyul oyida Aren Robben futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma'lum qilgan edi. Ammo oradan bir yil o'tib yana futbolga qaytishga qaror qildi va o'zining jonajon klubi "Groningem" bilan shartnoma imzoladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
281