"Barselona" "Manchester Siti"ning chap qanot himoyachisini sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 237

"Barselona" "Manchester Siti" chap qanot himoyachisi Anxelinoni sotib olishi mumkin. Bu haqda tvitterda The Athletic nashri vakili Sem Li xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, "Barsa"ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman 23 yoshli futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. O'z navbatida Angliya klubi ispaniyalik futbochi uchun 30 million evro ishlab olmoqchi.
Ma'lumot uchun, futbolchi 2019/20 yilgi mavsumni "RB Leyptsig"da ijarada o'tkazdi, u barcha musobaqalarda 18 ta o'yin o'tkazib bitta gol va beshta gollik uzatma amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, himoyachining "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2023 yil iyulida nihoyasiga etadi.
Manba: The AthleticFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
284