"Tottenxem" yarimhimoyachisini "Yuventus"ga sotishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 259

"Tottenxem" yarimhimoyachisi Jovanni Lo Chelso "Yuventus" qiziqishlari doirasiga tushdi, deb xabar beradi Calciomercato nashri. OAV xabarlariga ko'ra, London jamoasi 24 yoshli argentinalik futbolchini sotishdan bosh tortdi.
Klub bosh murabbiyi Joze Mourino Lo Chelsoga ishonch bildirishini ma'lum qildi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Lo Chelso 40 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Premer-liganing so'nggi mavsumida yarim himoyachi 28 o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi.
Manba: CalciomercatoFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241