"Atletiko" Karraskoni jamoada saqlab qolmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 224

"Atletiko" hujumchi Yannik Ferreyra-Karraskoni o'z safida saqlab qolmoqchi, deya xabar beradi Marca nashri.
Ma'lumot uchun, futbolchi yakunlangan mavsumda ijara asosida Madrid klubida to'p surdi. Endilikda u Xitoyning "Dalyan Ifan" klubiga qaytishi kerak, ammo "Atletiko" xitoyliklar bilan yangi kelishuvni amalga oshirish niyatida. 26 yoshli belgiyalik futbolchining o'zi ham Ispaniyada qolishni istamoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Karrasko barcha turnirlarda "Atletiko" safida 16 ta o'yinda maydonga tushib 1 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Manba: MarcaFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247