So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Maguayrni qanday jazo kutmoqda?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 458
«Manchester Yunayted» sardori Xarri Maguayr Gretsiya politsiyasi bilan mojaroga borgani uchun qamoq jazosidan qutulib qolishi mumkin. "The Sun" tarqatgan xabarga ko'ra, futbolchi yirik miqdorda jarima to'lashiga to'g'ri keladi.
Eslatib o'tamiz, Angliya terma jamoasi himoyachisi Gretsiyaning Mikonov orolida dam olayotgan paytda hibsga olingan edi. Futbolchi avvaliga ingliz turistlari bilan "san-man"ga borgan, keyin esa voqea joyiga etib kelgan politsiya xodimlariga qarshilik ko'rsatib, ularni haqoratlagan. Bundan tashqari, OAVga ko'ra, Maguayr qoidabuzarlik uchun jarimani joyida to'lamoqchi bo'lgan, lekin uning xatti-harakati pora berish sifatida baholangan.
Britaniya matbuoti tarqatgan xabarga ko'ra, 27 yoshli futbolchi ta'til paytida doimo "ichgan". 23 avgust kuni Maguayr Gretsiyadagi sud binosiga tashrif buyurgan va o'ziga nisbatan qo'yilayotgan ayblovlarni rad qilgan. 25 avgust kuni yana bir sud bo'lib o'tadi. Lekin unda futbolchining manfaatini uning advokati himoya qiladi. Xarri esa Angliyaga qaytadi.
Sportchini qamoq jazosi kutayotgan bo'lishi mumkin. Advokatning "Sunday Mirror"ga ma'lum qilishicha, mazkur qoidabuzarlik uchun maksimal muddat 7,5 yilni tashkil etishi mumkin. Lekin bu erda gap 3 yillik qamoq jazosi haqida ketmoqda.
Gretsiya qonunlariga ko'ra, 3 yilgacha bo'lgan har qanday qamoq jazosini jarimaga almashtirish mumkin. Jarima miqdorini esa sud belgilaydi. Bir kunlik jarima miqdori 5 evrodan 100 evrogacha etishi mumkin. Nazariy jihatdan Maguayr 3 yillik jazo uchun taxminan 90-100 ming evro to'lab, qamoqdan qutulib qolishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, futbolchining haftalik maoshi 190 funt sterlingga teng.