So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ajoyib menejment! “Bavariya” asosiy tarkibi uchun Neymarning narxidan ikki barobar kamroq pul sarflagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 572
Bu mavsumni “Bavariya” klubi bir nafasda o'tkazmoqda desak, adashmagan bo'lamiz. So'nggi paytlarda Myunxen klubi ham katta trasnferlardan o'zini tiyib tura olmayapti. Jamoa Pavar, Ernandes va Saneuchun 150 millionni sarf etib yuborgani so'zimizga isbot bo'la oladi. Vaholanki, Frantsiya terma jamoasi safidaJCh g'olib chiqqan o'yinchilar EChL bahslarida restartdan so'ng umimiy hisobda 20 daqiqagina to'p surdi,xolos. Sane esa,kelasi mavsumdan boshlab Flik ixtiyorida bo'ladi. EChL bahslarida “Barselona” va “Lion”ni yo'ldan olib tashlagan klub atigi 100 million evro evaziga shakillantirilgan. Bunga ishonish mushkul, biroq keling raqamlarga e'tibor qaratamiz!
Manuel Noyer (“Shalke”dan 2011-yilda) – 30 million evro
Manuel ushbu ro'yxatimizdagi eng qimmat futbolchi, biroq uni klub bundan 9 yil avval o'z tarkibiga qo'shib olgan. Shu sababli, kiper allaqachon o'ziga sarf etilgan pullarni oqlab bo'ldi. Agar uning qo'lga kiritgan sovrinlari (18) inobatga olinsa, sarf etilgan 30 million evro ko'zga ko'rinmay ketishi turgan gap.
Yozua Kimmix (“Shtutgart”dan 2015-yilda) – 8,5 million evro
Endigina 25 yoshga qadam qo'ygan bo'lsada, qahramonimiz allaqachon “Bavariya” uchun 220 ta o'yinda maydonga tushishga ulgurdi. Universal futbol namoyish etuvchi Kimmix ayni damda Germaniyaning kelajakdagi sardori deb ta'riflanmoqda. Bundan tashqari, Kimmixning ayni damdagi transfer qiymati so'nggi 5 yilda 10 barobar ortib ketdi.
Jerom Boateng (“Manchester Siti”dan 2011) – 13,5 million evro
“Gamburg”da kashf etilgach, “Siti”ga yo'l oldi. Kutilmaganda, “shaharliklar” unga imkon taqdim etmadi. Leskot va Kompaniga asosiy tarkibdagi o'rnini yutqazib qo'ygan himoyachiga “Bavariya” ikkinchi imkonni taqdim etdi.
E'tiborlisi shundaki, Jerom 9 yil davomida “Bavariya”ning asosiy tarkibida to'p tepdi va klublar miqyosidagi barcha musobaqada g'olib chiqdi. Klub uchun 323ta o'yinda maydonga tushgan himoyachini Myunxen klubi atigi 13 million evroga sotib olganiga ishonish mushkul.
Alfonso Devis (“Vankuver”dan 2019-yilda) – 10 million evro
Tezkorlik borasida rekordlar o'rnatayotgan Alfonsoni qo'rqmasdan mavsum kashfiyoti desak bo'ladi. Futbol maydonida 36,5 km/soat tezlik namoyish etgan yosh futbolchi bir mavsumda super yulduzga aylanishga muvaffaq bo'ldi.
Leon Goretska (“Shalke”dan 2018-yil) – erkin egant
“Bavariya” Bundesligadagi eng qudratli kuch bo'lgani bois, barcha nemis klubidagi futbolchilar “gollivud” sari intiladi. Leon ham 2018-yilda “Shalke” bilan shartnomani uzaytirishni istamadi va Myunxenga ko'chib o'tdi. Tan olish lozim, yarim himoyachi “Bavariya” safida o'sishga erishdi va bu progress davom etmoqda.
Tyago Alkantara (“Barselona”dan 2013-yilda) — 25 million evro
Aytishlaricha, Alkantara kelasi mavsum “Liverpul”da ko'rinish berishi mumkin. Shunga qaramay, uning Myunxen klubi bilan yana bir yillik shartnomasi mavjud. Agar, nemislar EChLda zafar quchsa, katta ehtimol bilan ispan o'z qarorini o'ylab ko'rishi lozim. Sababi, bunday kuchli jamoani tark etish doim ham to'g'ri qaror bo'lib chiqavermaydi.
Serj Gnabri (“Verder”dan 2017-yilda) — 8 million evro
Bundan 4 yil muqaddam, “Arsenal” EChL yarim finali qahramonini “Verder”ga qandaydir 5 million evro evaziga sotib yuborgan edi. Keyinroq, “Bavariya” 8 million evroning bahridan o'tdi va Gnabrini Myunxenga olib keldi.
Qarabsizki, klub ayni damda sayyoramizdagi eng kuchli vingerlardan biriga ega bo'ldi. Ayniqsa, bu mavsumda Serj o'zini EChLda juda yaxshi namoyish etmoqda. 9 ta gol va 2 ta assist so'zimizga isbot bo'la oladi.
Tomas Myuller – klub tarbiyalanuvchisi
Qahramonimiz bundan 20 yil avvalroq “Bavariya” bilan hayotini bog'lagan edi. 10 yoshida jamoaga kelgan Myuller 20 yil davomida klub faxriga aylanishga muvaffaq bo'ldi. O'zi tug'ilib o'sgan region klubi uchun Myuller sodiq qolishda davom etmoqda.
Ivan Perishich (“Inter”dan ijaraga olingan) – 5 million evro
Mavsum boshida “Bavariya” Bundeligada tajriba ortirgan Ivan Perishichni “Inter”dan ijaraga oldi. Avvalroq “Borussiya D” va “Volfsburg” klublari sharafini himoya qilgan vinger o'ziga bildirilgan ishonchni to'liq oqlamoqda. Uning klubda qolishi yoki ketishi esa, umuman boshqa mavzu.
Robert Levandovski (“Borussiya D”dan 2014-yilda) – erkin agent
Shuni unutmaslik lozim-ki, 2020-yilning eng yaxshi futbolchilaridan biri – Robert Levandoskini Myunxen klubi tekinga qo'lga kiritgan. Aslida, “Bavariya” 2013-yilda polyakni sotib olish uchun taklif yuborgan, biroq dortmundliklar hujumchini sotishni istamagan edi. Keyin, hujumchi o'z shartnomasini to'liq o'tab berdi va “Bavariya” klubiga o'tdi. 6 yil davomida Myunxen klubi uchun 288 ta o'yin o'tkazgan forvard raqib darvozalarini 246 bor ishg'ol qilishni uddaladi. Endilikda, unda ilk bor EChLda zafar quchish imkoniyati mavjud.
Umumiy raqamlarda: 100,15 million evro
Myunxen klubi “Lion” va “Barselona”ni yirik hisobda mag'lub etgan tarkibiga 100 million sarf etgan xolos. Ularning finaldagi raqibi “PSJ” jamoasi Neymar (222 million evro) yoki Mbappe (145 million evro) uchun sarf etgan pullar bundan ko'proq. Agar “PSJ”ning asosiy tarkibi hisoblansa, shayxlar Parij jamoasining asosiy tarkibi uchun 601 million sarf etishgani ma'lum bo'ladi. Bu “Bavariya” jamoasi qayd etgan ko'rsatkichdan 6 barobar kamroq. Mana buni professional menejment desa bo'ladi!
Manba: Stadion.uz