So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Kontening «Inter»dagi taqdiri seshanba kuni hal bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 191
"Inter" rahbariyati va bosh murabbiy Antonio Konte o'rtasida seshanba kuni uchrashuv bo'lib o'tadi. Klub murabbiydan o'z pozitsiyasini tushuntirishini kutmoqda. Kontening talablari asosli emas, deb topilsa, o'zaro til topishning imkoni topilmasa, murabbiy iste'foga chiqariladi.
"Inter" murabbiy masalasini juma kuniga qadar uzil-kesil hal qilish niyatida. Agar Konte ketadigan bo'lsa, uning o'rnini Massimiliano Allegri egallashi kutilmoqda. Xabarlarga ko'ra, mutaxassis bilan tuzilishi mumkin shartnomanining qoralamasi tayyor. Allegri o'z shtabiga "Inter"dan taklif tushishi mumkinligini bildirgan.
Eslatib o'tamiz, yakunlangan mavsumda "neradzurri" Italiya chempionatida 2-o'rinni egallagan bo'lsa, Evropa ligasida finalga qadar etib keldi. Ushbu natijalar "Inter" rahbariyatini u qadar qoniqtirmay turibdi.