EChL-2020/21: Guruh bosqichi qur'asi uchun 1-savatcha tarkibi aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 420

Evropa ligasida g'olib chiqqan "Sevilya" klubi Evropa chempionlar ligasi 2020/21 yilgi mavsumining guruh bosqichi uchun tashlanadigan qur'ada 1-savatchadan o'rin oldi.
UEFA qoidalariga ko'ra, birinchi savatchadan koeffitsientlar jadvalida dastlabki 6ta o'rinni egallagan mamlakat chempionlari hamda EChL va Evropa ligasi g'olibi o'rin oladi.
Chempionlar ligasi finalida o'z mamlakatida chempionlikni qo'lga kiritgan "Bavariya" va "PSJ" klublari to'qnash kelayotgani bois, reytingda 7-o'rinni egallab turgan Portugaliya chempioni "Portu" ham 1-savatchaga ko'tariladi.
1-savatcha: Real (Ispaniya), Liverpul (Angliya), Yuventus (Italiya), Bavariya (Germaniya), PSJ (Frantsiya), Zenit (Rossiya), Portu (Portugaliya), Sevilya (Ispaniya)
2-savatcha: Barselona (Ispaniya), Atletiko (Ispaniya), Manchester Siti (Angliya), Manchester Yunayted (Angliya), Shaxter (Ukraina), Borussiya D (Germaniya), Chelsi (Angliya), Benfika (Portugaliya)*
3-savatcha: Ayaks (Niderlandiya), Dinamo Kiev (Ukraina)*, Zaltsburg (Avstriya)*, RB Leyptsig (Germaniya), Inter (Italiya), Olimpiakos (Gretsiya)*, Latsio (Italiya), Seltik (Shotlandiya)*
4-savatcha: Atalanta (Italiya), Dinamo Z (Xorvatiya)*, Lokomotiv (Rossiya), Marsel (Frantsiya), Bryugge (Belgiya), Borussiya (M, Germaniya), Bashakshehir (Turkiya), Renn (Frantsiya)
Izoh: * - saralash bosqichidan ishtirok etadigan, reytingda yuqori o'rinni egallagan jamoalar.

Bosh sahifaga
243