So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Evropa ligasi. Finalning eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 294
«Sevilya» hujumchisi Lyuk de Yong Evropa ligasi finalida bo'lib o'tgan «Inter»ga qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi. 29 yoshli niderlandiyalik futbolchi 2ta gol urdi va 85-daqiqada zaxiraga olindi.
«Yarim final doirasida «MYu»ga qarshi o'yingacha Lyuk de Yong ketma-ket 11ta o'yinda gol ura olmagan edi. Ammo inglizlarga qarshi uchrashuvdan keyin Lopetegi uni finalda asosiy tarkibda maydonga tushirishga qaror qildi. Ushbu qaror esa to'g'ri bo'lib chiqdi. De Yong nafaqat bosh bilan 2ta gol urdi, balki jamoasining hujum tashkil qilishida va himoyalanishida faol yordam berdi. Hujumchi butun maydon bo'ylab yugurdi. Uning yugurishlari bejiz ketmadi», — deyiladi UEFA rasmiy sayti bergan izohda.