«Sevilya» – 6-bor Evropa Ligasi chempioniga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 353

Evrpa Ligasi final bosqichidan o'rin olgan "Sevilya" hamda "Inter" jamoalri o'rtasidagi o'yin yakunlandi. Mazkur o'yinda "Sevilya" 3:2 hisobida g'alaba qozonib, musobaqa chempioniga aylandi.
Uchrashuvning 5-daqiqasid Karlos Lukakuga nisbatan qoida buzdi va hakam "neradzurrilar" foydasiga penalti belgiladi. Lukaku nuqtada adashmadi. Oradan 7 daqiqa o'tib, De Yong hisobni tenglashtirdi.
Uchrashuvning 33 daqiqasida de Yong yana bir gol urib jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikki daqiqadan keyin Godin hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa, jamoalar tanaffusga 2:2 hisobi bilan yo'l oldi.
Ikkinchi bo'limda penaltiga sabachi bo'lgan Karlos Xandanovich darvozasi tomon chalqancha uslubda zarba yo'lladi, to'p yo'l-yo'lakay Lukakuga tegib darvozadan joy oldi. O'yin so'nggigacha hisob o'zgarmay qoldi va "Sevilya" 6-bor Evropa Ligasi chempioniga aylandi.
Sevilya – Inter 3:2
«ReynEnergiShtadion»
Gollar: 0:1 – 5, penalti Lukaku, 1:1 – 12 de Yong, 2:1 – 33 de Yong, 2:2 – 35 Godin, 3:2 – 74 Diego Karlos.
Sevilya – Bunu, Diego Karlos (Gudel, 86), Kunde, Navas, Regilon, Fernando, Jordan, Okampos (Munir, 71), Banega, Suso (Vaskes, 78), de Yong (En-Nesiri, 85).
Inter – Xandanovich, Yang, de Vrey, Bastoni, D`Ambrozio (Mozes, 78), Brozovich, Galyardini (Eriksen, 78), Barella, Godin (Kandreva, 90), Martines (Sanches, 78), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Diego Karlos (4), Barella (41), Banega (45), Bastoni (55), Galyardini (73).
Manba: www.stadion.uz.

Bosh sahifaga
256