"Yuventus" ikki futbolchisi bilan shartnomani bekor qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 458

Hujumchi Gonsalo Iguain va yarim himoyachi Sami Xedira "Yuventus"ni tark etishi mumkin.
"Keksa sinoralar" ikki futbolchi bilan shartnomani bekor qilish borasida ish olib bormoqda, deya yozmoqda Janluka Di Martsio.
Ikkala futbolchi ham shartnomani bekor qilsa, tovon pullarini olishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, 33 yoshli Xediraga to'lovlar kamroq berilshi mumkin, sababi u jarohati sababli mavsumning muhim qismini o'tkazib yubordi.
32 yoshli Iguain esa o'tgan mavsum 32ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
269