Ro'ziqul Berdiev: “«Paxtakor» bizdan kuchli ekanini o'yinda ham, hisobda ham ko'rsatdi”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 193

Coca-Cola Superligasining 11-turidan o'rin olgan «Paxtakor» — «Nasaf» uchrashuvidan keyin jamoamiz ustozi Ro'ziqul Berdiev bellashuv haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Paxtakor» bizdan kuchli ekanini o'yinda ham, hisobda ham ko'rsatdi. Ularni g'alaba bilan tabriklayman. «Paxtakor»da jamoaviy o'yin ham, individual harakatlar ham yuqori va ular buni amalda ham ko'rsata olishdi. Ikkinchi goldan keyin biz navbatdagi o'yinni o'ylab o'zgarishlarni amalga oshirdik.
Hozir o'yinlar orasidagi vaqt qisqa, «Paxtakor» ga qarshi o'yinda ko'p kuch yo'qotishni istamagandik. O'zgarishlar qilinganidan keyin o'yinimiz mazmuni yo'qoldi. Oldinlari «Paxtakor» ga qarshi bahsda borimizni berardik va keyingi o'yinni o'ylamasdik. Ammo hozir vaziyat boshqacha. Uch kun oldin o'ynadik, yana uch kundan keyin «Bunyodkor» ga qarshi maydonga tushamiz.
Abduraimovni qaytarish rejamizda yo'q edi, Murtozaev borasida «Mash'al»ga taklif bilan chiqdik. Ammo Muborak klubi uning transferini sotib olish uchun bizdan 2 milliard so'm so'rashdi. Humoyunni BAA klubidan ham taklif borligini aytishgandi. Hozirgi vaziyatda bu summani to'lay olmaymiz va tarkibimizda bor futbolchilarga tayanamiz”, — deydi Ro'ziqul Berdiev.
Manba: Nasaf matbuot xizmati
Bosh sahifaga
267