Maguayrga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 358

Bugun Gretsiyada hibsga olingan "Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayrning holati og'irlashmoqda.
"BBC Radio Manchester Sport" tarqatgan xabarga ko'ra, futbolchiga "politsiyaga nisbatan hujum" tufayli jinoiy ish qo'zg'atilgan.
"Qizil iblislar" sardori huquqni himoya qiluvchi organ xodimlariga nafaqat jismoniy shikast etkazgan, balki ularni haqorat qilgan va pora berishga uringan.
Politsiya Maguayrdan tashqari uning ikki do'stini ham hibsga olgan. Ularga nisbatan qanday jazo qo'llanilishi hozircha aniq emas.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206