So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Superliga. Nuralievning debyuti omadsiz chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 254
Bir necha daqiqa oldin Olmaliq shahridagi "OKMK sport majmuasi"da Sosa Sola Superligasi 11-tur doirasidagi "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Afsuski pandemiya tufayli futbol uchrashuvlari muxlislarsiz tashkil etilmoqda. Mazkur bahs oldidan stadion to'liq dezinfektsiya qilindi.
Uchrashuv kutilganidek qo'qonliklarning hujumlari bilan boshlandi. Ilk daqiqalardan hujumga zo'r bergan qo'qonliklar raqib darvozasi oldida bir qator vaziyatlarga ega bo'lishdi. Ammo ulardan foydalana olishmadi.
30-daqiqada vodiyliklar hisobni ochishga yaqin kelishdi. Ajoyib kombinatsiyadan so'ng, Yakuba Bamba qulay imkoniyatni qo'ldan boy berdi. 38-daqiqada "Qo'qon-1912" jarima to'pi tepish huquqiga ega bo'lishdi. Ro'zievning uzatmasidan keyin Yosovichning boshi bilan bergan zarbasi birozgina noaniq bo'ldi. Tanaffusga "Qo'qon-1912" hisobni ochgan holda chiqib ketishi mumkin edi. 45-daqiqada "Loko" futbolchilari Berdievni o'z jarima maydonchalari ichida qo'pollik bilan to'xtatib qolishdi. Hakam penaltiga ishora qildi. Filip Rayevatsning o'n bir metrli nuqtadan bergan zarbasini raqib posboni qaytarishga erishdi.
73-daqiqada "Qo'qon-1912" yana bir bor hisobni ochishga yaqinlashishdi. Ushbu vaziyatda zaxiradan maydonga tushgan Norbekovning harakatlari evaziga Bambada yaxshi imkoniyat vujudga keldi. Biroq legioner futbolchining zarbasiga aniqlik etishmadi. 75-daqiqada Temirxo'ja Abduholiqov darvozamizni ishg'ol etib, hisobni ochdi.
80-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Shohnazar Norbekov boshi bilan raqib darvozasini ishg'ol etdi. 86-daqiqada Muhammadanas Hasanov jarima to'pini golga aylantirdi va "Qo'qon-1912"ni oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, “Qo'qon-1912” jamoasi “Lokomotiv” bilan o'yinlardagi qora an'anaga barham berdi.
Sosa Sola Superligasi
11-tur
"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" – 1:2 (0:0)
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, Abdurashid Xudoyberganov.
Nazoratchi: Dmitriy Roman.
Komissar: Ahmed Tillaev.
Gollar: Temirxo'ja Abduxoliqov (75). - Shohnazar Norbekov (80), Muhammadanas Hasanov (86).
Amalga oshirilmagan penalti: Filip Rayevats (45).
"Lokomotiv": 35. Javohir Ilyosov, 4. Shahzod Shaymanov, 7. Kaxi Maxaradze, 8. Vadim Afonin (6. Davron Umirov – 64), 11. Temurxo'ja Abduxoliqov, 19. Avazbek O'lmasaliev (9. Kirill Pogrebnyak – 85), 25. Javohir Alijonov (10. Marat Bikmaev – 76), 28. Shuhrat Muhammadiev, 37. Sherzod Fayziev, 77. Diyor Turopov, 80. Farruh Ibrohimov.
“Qo'qon-1912”: 1. Botirali Ergashev, 5. Jasur Yoqubov, 9. Suhrob Berdiev (13. Sardor Azimov – 90), 10. Quvondiq Ro'ziev (7. Shohnazar Norbekov – 70), 14. Avaz Mamatxo'jaev, 15. Oybek Rustamov, 22. Muhammadanas Hasanov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 33. Ivan Yosovich, 69. Filip Rayevats (19. Hamidullo Abduhamidov – 60, 4. Sobit Sindarov - 90), 91. Yakuba Bamba.