Politsiya «MYu» sardorini hibsga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 470

«Manchester Yunayted» sardori Xarri Maguayr Gretsiyaning Mikonov orolida politsiyachilarga hujum qilgani uchun hibsga olindi. Bu haqda "Daily Mail" xabar tarqatdi.
Angliyalik futbolchi orolda bir necha vatandoshi bilan tortishib qolgan. Voqeaga guvohlar politsiya chaqirishgan. 27 yoshli himoyachi politsiyachilarga qarshilik ko'rsatgani uchun hibsga olindi.
«Manchester Yunayted» klubi vakillari voqeadan xabardor ekanini ma'lum qilishgan, ammo bunga hech qanday izoh berishmagan.
Maguayr yakunlangan mavsumda «qizil iblislar» safida APL doirasida 38ta o'yinda maydonga tushdi hamda bitta gol urib, bitta golga uzatma berdi.
Premer-ligada yangi mavsum 12 sentyabr kuni start oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218