Superliga. AGMK "Andijon" ustidan irodali g'alabaga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 445

Superliga 11-turidan o'rin olgan "Andijon" va AGMK jamoalari o'rtasidagi o'yin nihoyasiga etdi. Mazkur o'yinda Qosimov jamoalari irodali g'alabaga erishdi.
Shu tariqa Mirjalol Qosimov shogirdlarining 2020 yilgi mavsumdagi mag'lubiyatsiz seriyasi davom etadigan bo'ldi. AGMK 27 ochko bilan peshqadamga aylandi. «Andijon» (6) esa 12-pog'onada qoldi.
Superliga, 11-tur.
«Andijon» — AGMK 1:3Gollar: 1:0 – 51, penalti Jamshid Hasanov, 1:1 – 61 Elguja Grigalashvili, 1:2 – 74 Sanjar Tursunov, 1:3 – 79 Mate Vatsadze.
«Andijon»: Eldor Adhamov, Azamat Isroilov, Farhod Mirahmatov, Jamshid Hasanov, Farhod Bekmurotov, Emmanuel Arivachukvu, Artyom Litvyakov (Timur Usmonov, 75), Siroj Meliev, Usmonali Ismonaliev, Doniyor Abdumannopov, Dmitro Zozulya (Baxtiyor Qosimov, 90+3).
AGMK: Suhrob Sultonov, Akmal Shorahmedov, Bobur Yo'ldoshev, Sardor Rahmonov, Murodjon Toshmatov, Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov (Dilshod Jo'raev, 62), Bahrom Abdurahimov (Shahzod Nurmatov, 56), Arslonmurat Amanov (Sanjar Tursunov, 56), Zafar Polvonov (Mate Vatsadze, 62), Hojimat Erkinov (Elguja Grigalashvili, 56).
Ogohlantirishlar: Abdumannopov (10), Amanov (47), Bekmurotov (82), Vatsadze (90).

Bosh sahifaga
245