Keyn «Tottenxem» mashg'ulotiga o'z vaqtida qo'shila olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 635

«Tottenxem» hujumchisi Xarri Keyn jamoasining mavsumoldi o'quv-mashg'ulot yig'inining dastlabki qismini o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi.
"Daily Mail" tarqatgan xabarga ko'ra, angliyalik futbolchi 2019/2020 yilgi mavsum yakunlanishi bilan dam olish uchun oilasi bilan Bagam orollariga yo'l oldi. O'sha paytda Bagam orollari Buyuk Britaniyaning karantin ro'yxatidan o'rin olmagan edi. Ammo 8 avgust kuni Bagam uchun qoida o'zgardi.
Shu tariqa, 27 yoshli Keyn ortga qaytganidan keyin 2 haftalik karantinda o'tirishiga to'g'ri keldi.
Joze Mourino jamoasi o'tgan hafta so'ngida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Keyn esa hali "shporlar" mashg'ulotiga qo'shilmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
297