So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Dmitri Payet koronavirusga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 192
«Marsel» yarim himoyachisi Dmitri Payetda koronavirus infektsiyasi aniqlandi. Bu haqda RMK Sport nashri xabar bermoqda.
Qayd etish joiz, bu frantsuz klubidagi koronavirus bilan bog'liq beshinchi holat. Bungacha «Marsel»da COVID-19 infektsiyasining to'rtta holati aniqlangandi.
Frantsiya chempionatining 1-turidan o'rin olgan «Marsel» – «Sent-Etenn» uchrashuvi Marsel klubi futbolchilarida koronavirus aniqlangani tufayli qoldirildi. Uchrashuv 21 avgust, juma kuniga belgilangan edi. Hozirda uchrashuvning 16 yoki 17 sentyabrga qoldirilgani ta'kidlanmoqda.
«Marsel» o'tgan mavsumda Frantsiya chempionatida ikkinchi o'rinni egallab, Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. «Sent-Etenn» esa mavsumni 17-o'rinda yakunladi.
Ma'lumot uchun, Dmitri Payet 2017 yildan beri «Marsel» sharafini himoya qilib keladi. Liga1 ning 2019/20 yilgi mavsumida u 22 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.