Chempionlar ligasi finalini italiyalik hakamlar boshqaradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 462

«PSJ» va «Bavariya» o'rtasidagi Chempionlar ligasi finalini boshqarib boruvchi hakamlar e'lon qilindi.
UEFA rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko'ra, EChL 2019/20 yilgi mavsumining hal qiluvchi bahsini italiyalik referi Daniele Orsato boshqarib boradi. Unga qanotlarda Lorentso Manganelli va Alessandro Jallatini yordam beradi.
Eslatib o'tamiz, «Pari Sen-Jermen» - «Bavariya» final o'yini 23 avgust kuni Lissabondagi «Eshtadiu du Benfika» stadionida o'tkaziladi. Uchrashuv 23:59da boshlanadi.
Yarimfinalda «PSJ» «Leyptsig»ni mag'lub (3:0) etgan bo'lsa, «Bavariya» «Lion»ni taslim etdi (3:0).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212