«Bavariya» EChLda rekord miqdorda daromad oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 609

"Bavariya" Evropa chempionlar ligasining joriy mavsumida rekord miqdorda daromad oladigan bo'ldi.
Myunxenliklar bir mavsumda pul topish bo'yicha "Barselona"ga tegishli rekordni yangilashga yaqin turishibdi.
"Kicker" tarqatgan xabarga ko'ra, "Bavariya" ushbu mavsumda 120 million evrodan ortiq daromad oladi. "Barselona" 2019 yilda 117,73 million evro ishlab topgan edi.
Joriy mavsumda UEFA quyidagi tartibda pul to'lab beradi:
Guruh bosqichiga chiqqanlik uchun: 15,25 million evro;
Guruh bosqichida: g'alaba uchun 2,7 mln evro (6ta g'alaba uchun — 16,2 mln evro);
Nimchorak finalga chiqqani uchun: 9,5 mln evro;
Chorak finalga chiqqani uchun: 10,5 mln evro;
Yarim finalga chiqqani uchun: 12 mln evro;
Finalga chiqqani uchun: 15 mln evro;
Chempionlar ligasida g'oliblik uchun: 4 mln evro + UEFA superkubogidagi ishtirok uchun 3,5 mln evro.
Bundan tashqari, "Bavariya" musobaqaning so'nggi 10 yillikdagi reytingida 3-o'rinni egallab turgani uchun qo'shimcha 33,24 mln evro oladi. Shuningdek, klub teletranslyatsiyalar huquqidan 11,5 mln evro ishlab topadi.
Shu tariqa, "Bavariya"ning Chempionlar ligasi orqali ishlab topgan pullari hozirdanoq 123 million evroga etdi. Jamoa bosh sovrinni qo'lga kiritsa, daromad miqdori 130 million evrodan oshadi.

Bosh sahifaga
279